avatar
Куч
89.92
Рейтинг
+36.67

Istamov Zuxriddin Qaynarovich

Мақолалар

Muborak suv

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт
        Yoshim yigirma to’rtda.  O’zim muhtasham bir oliygohning talabasiman. Hamma talabalar qatori ilm olaman. Ha aytgancha yana kitob o’qishni yaxshi ko’raman. Kitobni o’qish uchun qo’limga olganimda xuddi u bilan jang qilayotganga o’xshayman. Tezroq o’qib bo’lsam uni yengaman, bo’lmasa kitob meni yengib qo’yishi mumkin. Kitoblar bilan jangim bazida tongacha davom etadi va albatta g’alaba qozonaman. Menga ayniqsa tarixiy roman va hikoyalar mutolaa qilish zavq bag’shlaydi.

Fitna qurbonlari

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт
Tinchlik eng oliy ne’mat, uni asrash esa har birimizning muqaddas  burchimizdir.                             
Bir necha yil avval Suriyaning Idlib viloyati obod, atrofi gullar bilan yanada ko’rkamlashgan va tarixiy obidalardan tortib zamonaviy turar joylarigacha ko’rgan ko’zni quvnatadigan chiroyli maskanlardan edi. Ko’chalarda odamlar hayot tashvishi bilan band, uylarda esa bolalarning sho’x kulgulari eshitilib turar, ularning qalblarida beg’ubor davrning o’yinqaroq damlari hukm surardi. Lekin tez orada sodir bo’lgan mudxish voqealar bu damlarning omonat ekanligini ko’rsatdi. Sulaymon endigina maktab yoshiga yetgan va maktabga borishni juda-juda

Kamolot madhiyasi

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт
Vatan yoshlariga yo’lboshi o’zing,
Ma’rifat mayog’i bo’lar har so’zing.
Dilda uyg’otib sen ajib kashfiyot,
O’zing qanot bo’lding bizga “Kamolot”.
                     Naqorat
Gullagan yurt uzra porlar “Kamolot”,
Yuksak manzillarga chorlar “Kamolot”.
Qalbida xalq orin joylagan avlod,
O’zing qanot bo’lding bizga “Kamolot”.
 
Yoshlar qo;lidadir kelajak, Davlat,
Yurtboshimiz so’zin oqlaymiz albat.
Buyuk zamon uchun o’t yuraklarga,
O’zing bo’lding qanot bizga “Kamolot”.
      

1-sinf Matematika fanidan ishlanma

Boshlang‘ich sinf fanlaridan dars ishlanmalar
Илм-фан
Fan: Matematika
Sinf:1 “B”sinf
Dars mavzusi:: 20 dan 29 gacha bo’lgan sonlar
Darsning maqsadlari
Darsning maqsadlari:
a)   ta`limiy:  O’quvchilarga  20 dan 29  gacha sonlar haqida tushuncha berish,ikki xonali sonlar haqidagi bilimlarini boyitish
b)  tarbiyaviy:O’quvchilarga  tabiatni sevishga ,uning go’zalligini asrashga chaqirish
c)     rivojlantiruvchi: O’quvchilarning  mustaqil fikrlash qobiliyatlarini va matematik tafakkurini o’stirish,Olingan bilim va malakalarini kundalik hayotda foydalanish.
  Dars uslubi: Interfaol, aralash.

MUNISAM ONA

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт

Suyib ardog’laysiz jigarporam deb,


Hayotim mazmuni qalbda nolam deb,


Tildan qo’ymaysiz hech o’qi bolam deb,


Qani menchi bir bor eslasam ona,


G’amguzorim, mushtipar, munisam ona.


 


Unibman savlat-u soyangizdaman,


Mayliydi hok bo’lsam poyingizdaman,


Bugun ham duo-yu qoyangizdaman,


Qani menchi bir bor eslasam ona,


G’amguzorim, mushtipar, munisam ona.


 


BEGONALAR – BEGONAMAS YAQINLARIM

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт

Begonalar bazi paytda do’stdan yaqin,


Yaxshiligin minnat qilgan so’zdan yaqin,


Chiroyini maqtab turgan qizdan yaqin,


Isbotini topib bo’lgan talqinlarim,


Begonalar — begonamas yaqinlarim.


 


Qo’lda zaring bo’lmasa tez tashlar ulfat,


Hech kim boshing silamaydi kelsa kulfat,


Minnat qilmay yordam bergan oliyhimmat,


Shiddati qirg’oqqa shoshgan to’lqinlarim,


Begonalar — begonamas yaqinlarim.


YALPIZ

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт

      Pastak loyshuvoq uyda bir o’zi yashab,qariyb sakson dovonni qarshilagan kampirni butun qishloq bolalari Qora buvi deb chaqirishardi. Uni yolg’iz deyishning o’zi g’alati,chunki hech kimnikida Qora buvining uyiga kelib ketadigandek ko’p odam bo’lmasdi. Mahalla ayollari har kuni bir kosa ovqat,issiq non olib kirib mayday – chuyda ishlarni tinchitib ketishardi.Birov o’tin yorib bersa,yana birov boshqa ishlarni qilib berishardi. Bu ishlarning hech biri navbat bilan emas,xuddi farzandlar o’z onalarining yukiga yelka tutgandek,samimiy qilinardi...


      Qora buvi qishlog’imizning eng serfarzand ayollaridan  biri edi. O’shanda ko’klamning xushbo’yidan sarmast bo’lib,ko’chaga fudbol o’ynagani sherik qidirib do’stimning uyi tomon yo’l oldim.


ONA (dunyodagi eng mo'tabar zot)

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт

      Ollohning nazari tushgan,tog’-u toshli, chekka bir qishloqda. Umri xola ikkita o’g’li-yu, ikkita qizi bilan umr guzaronlik qilar edi. Umri xolaning turmush o’rtog’i ayni navqiron yoshida bu olamni erta tark etgani uchun farzandlarini boqish, tarbiyalash ya’ni oila tashvishi yolg’iz o’ziga qoldi. Umri xola ham ona, ham ota vazifasini bajarib bolalarini mehr oqibatli, odob – axloqli va mehnatkash qilib tarbiyaladi. O’g’illari Zarif va Zufarlarning  yildan – yil o’tgan sari onasiga va singillariga mehribon bo’lib, voyaga yetishdi. Bu yigitlarni ko’rgan kishilar  bir ko’rishdan yoqtirib, mening bolam ham shunday aqlli bo’lsa edi”-deb havas qilishardi.


Qizlari Munisa va Muxlisa ham yuzlari oyday, qoshlari qop – qora kamondek, sochlari egilganda yerga tegadigan, iboli-hayoli, saranjom-sarishta, mehribon, kamtar-kamsuqum bo’lib voyaga etdilar. Ko’rgan- bilganlar  qizim yo kelinim shunday bo’lsa edi deb havas qiladigan bo’lib tarbiya topishdi.


Ona sizni sog’inib

Ijodkor yoshlar
Шеърият ва адабиёт

Suratingizga qarab bugun biroz ovundim,


Yuragim aytar asta  “ona sizni sog’indim”…!


                           


Ashqol-dashqolim yig’ib qishlog’imga jo’nayman,


Eng birinchi borib tez men onamni so’rayman,


Onam chiqar yo’limga chehralari nurafshon,


Ko’zda quvonch yoshlari ko’rinar shu vaqt, shu on.